Badiiy-estetik “atmosfera” zavqi

12 Apr, 2023 - 13:03
597
Badiiy-estetik  “atmosfera” zavqi

Axborot va matbuot xizmati

Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan “Shusha kunlari”ning rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdik.

Xalqaro Turk madaniyati va merosi fondi tashabbusi bilan yurtimizdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda “Ozod va obod Shusha” fotoko‘rgazmasini katta qiziqish bilan tomosha qildik.

Aytish kerakki, ikki kun davom etadigan mazkur tadbir Ozarbayjonning Qorabog‘ va Shusha singari manzillarining boy madaniyati, sanʼati, sheʼriyati, turizm imkoniyatini dunyoga tanitish bilan birga o‘zaro madaniyatlar almashinuviga ham xizmat qiladi.

Shuningdek, tadbirlar doirasida TURKSOY tomonidan Shusha shahri Turk dunyosining Madaniyat poytaxti deb eʼlon qilinishi ham uning ahamiyatini oshiradi.

Bir so‘z bilan aytganda, “Shusha kunlari” o‘z ishtirokchilariga kutilganidan ko‘proq maʼlumot va badiiy-estetik zavq ulashishi shubhasiz.

Ozodbek Nazarbekov,
Madaniyat va turizm vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash