“Ethno and modern fashion week” festivali bo‘lib o‘tadi
12 Apr, 2023 - 13:00
1095
Axborot va matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan joriy yilning 11-13 may kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida “Ethno and modern fashion week” xalqaro festivali, gastronomik festival, milliy hunarmandchilik va zargarlik yarmarkasi, shuningdek Yakkabog‘ tumanida etnosport o‘yinlar va “Amir Temur xarbiy tayorgarlik mashqlarida”teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlar o‘rin olgan.
“Ethno and modern fashion week” xalqaro festivalida xorijiy va mahalliy brendlar hamda yosh dizaynerlarning namoyishlari, yosh modelerlarning taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.
Tadbir doirasida xorijiy mehmonlar ishtirokida mahorat darslari hamda uchrashuvlar, gastronomik, milliy hunarmandchilik va zargarlik yarkarmasi ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Mazkur tadbirlarda ishtirok etish uchun arizalar https://forms.gle/R3x3q6UsZ6yZr2Mu8 orqali 24 apreldan 7 mayga qadar qabul qilinadi.