"Sozlar sadosi" turkum hisobot konsertlari davom etmoqda
06 Apr, 2023 - 10:33
464
Axborot va matbuot xizmati
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti Katta zalida "Maqom cholg‘u ijrochiligi" kafedrasi bitiruvchi magistrantlarining "Sozlar sadosi" nomli turkumli hisobot konsertlari namoyish etilmoqda.
Ushbu hisobot konsertlarining bugun 8-kuni bo’lib o’tdi. Unda Sarvar Alimov Segoh maqomining Mushkilot hamda Nasr bo’limlarini ijro etdi. Konsertda sohaning taniqli mutaxassislari, OAV xodimlari, institutimiz professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Konsert so‘ngida S.Alimov ustozi, O‘zMMSI professori Abduhoshim Ismoilovga hurmat ramzi, minnatdorchilik belgisi sifatida zarchopon taqdim etdi. Bundan tashqari, Segoh maqomi xususidagi savollardan tashkil topgan viktorina talaba-yoshlar o‘rtasida katta qiziqish bilan kutib olindi.
Eslatib o‘tamiz, hisobot konsertlari 2023-yilning 27-martidan 6-apreliga qadar soat 14.00 da Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti katta zali bo‘lib o‘tadi