Madaniyat va turizm vazirligi “Yosh maqom ijrochilari” II respublika tanlovini eʼlon qiladi
03 Apr, 2023 - 20:58
508
Axborot va matbuot xizmati
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligining 2023-yil 31-mart sanasidagi 116-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash, yosh maqom ijrochilarining iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon etish, maqom ijrochilik san’atini yanada yuksak darajaga ko‘tarish, milliy maqom san’atini dunyo sahnalariga olib chiqish, iqtidorli yosh maqom ijrochilarini kashf etish, rag‘batlantirish va targ‘ib qilish maqsadida Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” II Respublika tanlovi o‘tkazilishini e’lon qilamiz.
Tanlov 18-35 yoshgacha bo‘lgan maqom ijrochilari orasida 2023-yilning 7— 14-aprel kunlari Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining katta zalida bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda quyidagi 9 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishingiz mumkin:
"Maqom xonandaligi" yo‘nalishi
1. Ayol ovoz
2. Erkak ovoz
"Maqom cholg‘u ijrochiligi" yo‘nalishi
3. Nay, qo‘shnay, surnay
4. Chang, qonun
5. Qashqar rubobi, ud
6. Dutor, tanbur, sato
7. Gʻijjak
8. Doyra, nog‘ora
9. Sozandalar ansambli
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan ijrochilar joriy yilning 6-apreliga qadar O‘zbek milliy maqom san’ati markazi yoki Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
1. Ma’lumotnoma;
2. Passport nusxasi;
3. Ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat - diplom nusxasi (mavjud bo‘lsa);
4. O‘qish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifnoma;
5. 3x4 sm o‘lchamdagi 2ta va 9x12 sm o‘lchamdagi 2ta rasm;
6. Ijro dasturi.
Belgilangan muddatdan kechikkan hollarda hujjatlar qabul qilinmaydi. Asarlar yoddan ijro etiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni 90-957-28-26 raqamigyoki @uzmmsi_matbuot telegram manzili orqali yuborishingiz so’raladi.
Savollar uchun: 71-286-31-63; 94-668-07-00