Mehmonxona xizmatidan qoniqmayapsizmi?

04 Apr, 2023 - 10:48
462
Mehmonxona xizmatidan qoniqmayapsizmi?

Axborot va matbuot xizmati

“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan mamlakatimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarni joylashtirish vositalaridan qoniqish darajasini bilish maqsadida so‘rovnoma tizimi yo‘lga qo‘yilgan bunda,

  • “Umumiy ovqatlanish obyektlari”;
  •  “Ziyorat obyektlari”;
  • “Ma’lumot beruvchi obyektlar”;
  • “Ko‘ngilochar obyektlar”;
  • “Yashash joyida xizmat sifatini baholash so‘rovnomasi”;
  • “Transport;
  • “Davolash-sog‘lomlashtirish obyektlari” bo‘yicha barcha mehmonlar o‘z fikrlarini yozishlari mumkin.

Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalaridagi xizmat sifatidan qoniqmayotgan bo‘lsangiz ushbu havola orqali https://tourquality.uz/uz/poll/ (ushbu havola “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK veb-saytining (https://tourquality.uz) “Matbuot xizmati” bo‘limida “So‘rovnoma” sahifasida joylashgan) taklif va e’tirozlaringizni bildirishingiz mumkin.

Shuningdek, taklif va e’tirozlaringizni foto yoki video ko‘rinishidagi fayllarni tizimga yuklagan holda qoldirishingiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash