Termizda “Vatan manzumasi” adabiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi

04 Apr, 2023 - 10:32
526
Termizda “Vatan manzumasi” adabiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ҳuzuridagi Xavfsizlik kengashining joriy yil 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ҳarbiy xizmatchilarning aҳloqiy ruҳiy va jangovar tayyorgarligini yanada oshirish, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish, qo‘shinlarda ma’naviy-ma’rifiy, madaniy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha davlatimiz raҳbari tomonidan qator tavsiyalar berilgan edi.

Surxondaryo viloyatning markazi Termiz shaҳrida joylashgan San’at saroyida o‘tkazilgan “Vatan manzumasi” nomli adabiy-ma’rifiy kecha ana shu vazifalar ijrosining o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa tashkilotlar ҳamkorligida tashkil etilgan mazkur kechada Vatanni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar, otashnafas shoirlarning she’rlari yangradi.

Mamlakatimizdagi tinch osoyishta, xavf-xatardan xoli ҳayot, ijtimoiy barqarorlik, ҳamjiҳatlik, to‘kislik va faravonlik, oqibat, o‘zaro meҳr ҳamda muruvvat muҳiti oliy qadriyat ekani yorqin va betakror musiqiy dastur orqali o‘z ifodasini topdi.

Yurtimizdagi tinchlik va totuvlik, aҳillik va ҳamjiҳatlikni ko‘z qorachig‘idek asrab avaylash nainki ҳarbiy soҳa vakillari, balki barcha ҳamyurtlarimiz, ayniqsa yoshlarning muqaddas burchi ekani rang-barang musiqiy chiqishlar vositasida yana bir karra namoyon bo‘ldi.

Aytish kerakki, dasturdan o‘rin olgan ҳar bir she’r, ҳar bir qo‘shiq va ҳar bir chiqish bir-biriga uzviy bog‘langan. Tomoshabin diqqati bir lahza bo‘linmaydi. Bu turli qatlam vakillaridan iborat kuzatuvchi jamoalar misolida ҳam yaqqol namoyon bo‘ldi.

Adabiy ma’rifiy kechada ҳar bir chiqishning ma’no-mazmunini ifodalaydigan, uning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladigan videolavxalar, teatirlashtirilgan badiiy kompozitsiyalar ҳam namoyish qilindi. Vatan ҳimoyasi yo‘lida ҳalok bo‘lgan ҳarbiy xizmatchilar xotirasi yod etildi, marҳum shoirlarning ovozlaridan-o‘zlari o‘qigan she’rlardan ҳam unumli foydalanildi. Ona yurtning ulug‘ farzandlari, betakror ijodkorlari yodga olindi.

“Vatan manzumasi” nomli adabiy-ma’rifiy kechada Mudofaa vazirligining ikki nafar ҳarbiy xizmatchilari – katta leytenant Islomjon Qo‘chqorov va Qurolli Kuchlar xizmatchisi Begali Eshonqulov ҳam o‘z ijod namunalari bilan Qurolli Kuchlar ashula va raqs ansambli xonandalari Vatanni madҳ etuvchi qo‘shiqlarini ijro etishib, tomoshabinlar e’tirofiga sazavor bo‘ldi.

“Vatan manzumasi” nomli adabiy-ma’rifiy kecha Respublikamizning barcha viloyatlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash