“Slavyan bozori” XXXII xalqaro san’at festivali o‘tkazildi
29 Mar, 2023 - 17:37
629
Axborot va matbuot xizmati
2023-yilning 26-mart kuni “Zarafshon” konsert zalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida “Slavyan bozori” XXXII xalqaro san’at festivalida qatnashish uchun uchinchi milliy saralash tanlovi bo‘lib o‘tdi.
“Vitebsk 2023” XXI Xalqaro bolalar musiqa festivaliga yo‘llanmani Toshxo‘jaev Ravshan (Namangan viloyati, Pop tumani) qo‘lga kiritdi.
“Edelveys” namunali xalq raqs ansambli va “Evidence Variety Dance Team” guruhi V Xalqaro raqs loyihasi saralash tanlovida g‘olib bo‘ldilar.
Faxriy mehmon sifatida “Vitebsk madaniyat markazi” davlat muassasasi bosh direktori, Vitebskdagi “Slavyan bozori” xalqaro san’at festivali direktori – Gleb Aleksandrovich Lapitskiy; Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi – Opimax Aleksandr Nikolayevich, Milliy tanlov ijrochi direktori, “Slavyan bozori” festivalining O‘zbekistondagi vakili – Ivannikova Olga Aleksandrovna ishtirok etdi.