“El merosi” tarixiy liboslar teatri: Markaziy Osiyodagi yagona teatr
29 Mar, 2023 - 12:24
505
Axborot va matbuot xizmati
Samarqandda “El merosi” tarixiy liboslar teatri mavjud.
Bu Markaziy Osiyodagi yagona teatr 2005-yilda ochilgan va bugungi kunda Samarqand mehmonlari orasida juda mashhur. Teatrning o'ziga xosligi uning Samarqand hududida turli tarixiy davrlarda yashagan millatlarning liboslari to'plamidadir.
Tarixiy liboslar teatri spektakli 12 qismga bo'lingan. U qadim zamonlardan, yaʼni hozirgi Oʻzbekiston hududida saklar va massagetlar qabilalari yashagan davrdan boshlanib zamonaviy milliy liboslar bilan tugaydi.
Milliy cholg'u asboblari va an'anaviy raqslar - tasvirlangan davrga xos kayfiyatni o'rnatadi.
Tarixiy liboslar teatri ijodkorlarining fikricha, ularning chiqishlari nafaqat sayyohlarni, balki mahalliy yoshlarni ham mamlakat tarixi, madaniyati va etnografiyasiga jalb qilish yo‘llaridan biridir.