O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Navro‘z ayyomi nishonlandi

28 Mar, 2023 - 14:17
913
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Navro‘z ayyomi nishonlandi

Axborot va matbuot xizmati

Joriy yilning 27-mart kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Navro‘z ayyomi nishonlandi. Erta tongdan boshlangan shodiyona kun davomida institut xodimlari va talabalarga quvonch ulashdi.

Kunning ikkinchi yarmida maxsus konsert dasturi tashkil etildi.

Konsert dasturini institut rektori v.b. Eldor Shermanov ochib berdi hamda Navro‘z bayrami bilan bir qatorda Xalqaro teatr kuni bilan barchani muborakbod etdi.

Konsert davomida xalq artistlari va xalq xofizlari, el suygan san’atkorlar bilan bir qatorda oliygohda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Qolaversa, doshqozonda osh damlanib, professor-o‘qituvchilar va institut xodimlariga milliy taomlarimiz tortiq qilindi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash