O'zDSMI xodimi Prezident granti asosida tayanch doktoranturaga qabul qilindi
26 Mar, 2023 - 12:28
607
Axborot va matbuot xizmati
Joriy yilning 18-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Yangi Toshkent" loyihasiga tamal toshi qo'yish marosimida ishtirok etib, faollar bilan muloqot o'tkazgan edi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig’i Iroda Berdiyeva ham ishtirok etib, Prezidentimizga o'z taklif va istaklarini bildirgan edi. Prezidentimiz tomonidan institutimiz bo'lim boshlig'ining takliflari qo'llab-quvvatlanib, Iroda Berdiyeva Prezident hisobidan tayanch doktoranturaga qabul qilinib, Yangi Toshkent shahridan unga zamonaviy tikuv korxonasi ochib beriladigan bo'ldi.
Bugun O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida oliygoh rahbariyati tomonidan Irodaxon Berdiyevaga tayanch doktaranturaga qabul qilinganlik to'g'risidagi guvohnoma topshirilib, uning ilmiy-ijodiy faoliyatiga omad tilandi.