Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonda
14 Mar, 2023 - 18:55
541
Axborot va matbuot xizmati
Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari M.Sharifzoda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi bilan hamkorlik, xalqaro madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalari, jumladan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida, 2023-2024-o‘quv yilida O‘zbekistonning madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim muassasalarida o‘qitish uchun Tojikiston fuqarolariga qabul kvotasini ajratish, xalqaro madaniy hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Qolaversa, ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarining badiiy va ijodiy chiqishlari mehmonlar olqishiga sazovor bo‘ldi.