Bolalar musiqa va san’at maktablari direktor o‘rinbosarlari uchun malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tdi

11 Mar, 2023 - 14:36
612
Bolalar musiqa va san’at maktablari direktor o‘rinbosarlari uchun malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tdi

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida bolalar musiqa va san’at maktablari direktor o‘rinbosarlari uchun 27-fevraldan 11-martga qadar malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv kurslari davomida malakali o‘qituvchilar tomonidan sohaga oid moliyaviy, me’yoriy-huquqiy hujjatlarning to‘g‘ri yurutilishi, qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati, mehnat qonunchiligi, byudjet mablag‘laridan samalari foydalanish va o‘quv jarayonlarini yuksak saviyada tashkil etishga oid zarur bilim va ko‘nikmalar berib borilmoqda.

Binobarin, bugun xodimlar salohiyatini oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bu har bir jabhada bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Asosiy maqsad ham kadrlar salohiyati va taʼlim sifatini oshirish hamda ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash