“Mahorat darslari” davom etmoqda

09 Mar, 2023 - 16:50
496
“Mahorat darslari” davom etmoqda

Axborot va matbuot xizmati

Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan bolalar musiqa va san’at maktablarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmasini oshirish maqsadida “Estrada cholg‘u ijrochiligi” yo‘nalishi bo‘yicha onlayn “Mahorat darsi” tashkil etildi.

Darsni Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti dotsenti O‘tkir Abdullaev va Lola G‘anievalar olib bordi.

Mashg‘ulot mobaynida o‘qituvchilarga estrada cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi bo‘yicha bir qator metodik tavsiyalar berildi.

O‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarida ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan mezonlarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash