Buyuk Britaniyaning Oxford universitetida O‘zbekiston madaniyat kunlari o‘tkazildi
09 Mar, 2023 - 12:55
418
Axborot va matbuot xizmati
Mazkur anjuman O‘zbekistonning Oxford universitetida tahsil oluvchi talaba yoshlari tomonidan tashkil etildi.
Madaniyat kunlari doirasida O‘zbekistonning boy madaniy va ilmiy merosini, sanʼatini, turistik salohiyatini xalqaro maydonda, xususan, arab-musulmon dunyosida keng targ‘ib qilish, respublikada barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan xalqaro hamjamiyatni yaqindan tanishtirish maqsadida O‘zbek milliy taomlari, liboslari va hunarmandlik mahsulotlari mahsulotlarining ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Qolaversa, o‘zbek va jahon milliy musiqalari, opera va zamonaviy estrada yo‘nalishlaridan tarkib topgan konsert dasturi namoyish etildi.