Yunus Rajabiy ijodiy oʻquv xonasi tashkil etildi

08 Mar, 2023 - 14:42
530
Yunus Rajabiy ijodiy oʻquv xonasi tashkil etildi

Axborot va matbuot xizmati

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, ajdodlarimizdan qolgan noyob ilmiy-ijodiy va tarbiyaviy merosimizni yosh avlodga yetkazish borasida bir qator samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ana shunday xayrli ishlardan yana biri bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida amalga oshirildi.

Bugun XX asr o‘zbek musiqa san’atiga ulkan hissa qo‘shgan san’atkor Yunus Rajabiy nomi bilan ataluvchi ijodiy o‘quv xonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rahbariyati, el suygan san’atkorlar, Rajabiylar sulolasi a’zolari, talaba-yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida Hasan Rajabiy va Aziz Rajabiylar bevosita ishtirok etib, institut rahbariyatiga ko‘rsatilgan e’tibor uchun o‘z tashakkurlarini bildirishdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash