An’anaviy cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi bo‘yicha onlayn mahorat darsi tashkil etildi

03 Mar, 2023 - 11:07
580
An’anaviy cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi bo‘yicha onlayn mahorat darsi tashkil etildi

Axborot va matbuot xizmati

Bugungi kunda barcha sohalar kabi ta’lim sohasida ham ko‘plab islohotlar olib borilmoqda. Shu bois, madaniyat va san’at yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmasini oshirish maqsadida An’anaviy cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi bo‘yicha onlayn mahorat darsi tashkil etildi. Onlayn darsni Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti dotsenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, mohir sozanda va xonanda Ilyos Arabov o‘tib berdi.

Mahorat darsi mobaynida o‘qituvchilarga An’anaviy cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi bo‘yicha bir qator metodik tavsiyalar berildi. O‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarida ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan mezonlarga ham alohida to‘htab o‘tildi.

Dutor cholg‘usida kuy ijro etishda zarur nazariy bilimlar ham aytib o‘tildi.

Mahorat darsi yakunida o‘qituvchilar tomonidan dotsent Ilyos Arabovga o‘z bilim va tajribasini ustozlar bilan bo‘lishgani uchun minnatdorlik bildirildi.  

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash