Sumalak sayli davom etmoqda

02 Mar, 2023 - 14:55
474
Sumalak sayli davom etmoqda

Axborot va matbuot xizmati

Navro‘z – tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat’iy nazar, shu yurtda yashayotgan barcha millatlar, elatlar uchun birdek sevimli ayyom. Keksayu yosh uchun birdek aziz shodiyona.

Binobarin, Madaniyat va turizm vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligining tashabbusi bilan “Madaniyat karvoni” shaklida Navroʻz umumxalq bayrami va sumalak sayllari boʻlib oʻtmoqda.

Joriy yilning 1-mart kuni madaniyat oyligi doirasida viloyatining Chinoz, Yangiyo‘l, QuyiChirchiq va Zangiota tumanlaridagi madaniyat va sanʼat maskanlarining ochiq maydonlari, markaziy maydon va oʻyingohlar, madaniyat va istirohat bogʻlari, markaziy koʻcha va hiyobonlar, yangidan barpo etilgan va taʼmirlangan madaniyat markazlari hamda madaniyat va sanʼat saroylarida tashkil etildi.

Tadbirlarda madaniyat va sanʼat namoyondalari, jumladan, teatr aktyorlari, anʼanaviy qoʻshiq ijrochiligi vakillari, estrada xonandalari, badiiy va folklor jamoalari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari hamda xavaskorlik guruhlar ishtirok etib Toshkent viloyati aholisi kayfiyatiga yanada bayramona aʼlo kayfiyat bagʻishladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash