O‘zbekiston va Portugaliya teatrlari o‘rtasida xalqaro aloqalar o‘rnatildi

01 Mar, 2023 - 14:21
502
O‘zbekiston va Portugaliya teatrlari o‘rtasida xalqaro aloqalar o‘rnatildi

Axborot va matbuot xizmati

Madaniyat va turizm vazirligi hamda “EAT”- “Yevrosiyo” xalqaro teatrlar Assotsiatsiyasi hamkorligi doirasida viloyat musiqali drama teatri direktori O‘tkir Maxmatqulov va Portugaliyaning Braga shahri davlat drama teatri badiiy rahbari Jose Rui Da Silva Madiyera tomonidan xalqaro ijodiy memorandum imzolandi.

Unga ko‘ra, rejissor, rassom va aktyorlar o‘rtasida ijodiy tajriba almashish hamda joriy yilning avgust oyida Jose Rui Da Silva Madiyera tomonidan viloyatimiz teatrida jahon klassik durdonalaridan birini sahnalashtirishga kelishib olindi.

Bu esa o'z navbatida ikki davlat o‘rtasidagi ijodiy-madaniy aloqalar va turizmning rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash