“Shaddot ona va uning bolalari” spektaklining keng jamoatchilik ko‘rigi bo‘lib o‘tdi
01 Mar, 2023 - 11:35
509
Axborot va matbuot xizmati
O‘zbek teatr san’atini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, badiiy sahna asarlari sonini oshirish maqsadida dramaturgiyaning nodir durdonalari sahnalashtirilib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 28-fevral kuni O‘zbek Milliy Akademik drama teatrida Nemis dramurgi va teatr munaqqidi Bertold Brext asari asosida yaratilgan “Shaddot ona va uning bolalari” dramasining keng jamoatchilik ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.
Spektakl madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari B.Axmedov va badiiy kengash a’zolari tomonidan muhokama etildi.
Dramatik to‘qnashuvlar va yorqin bo‘yoqlarga boy bo‘lgan spektakl soha mutaxassislari tomonidan yuqori baholanib, jamoatchilikning olqishiga sazavor bo‘ldi.
Mazkur sahna asari taniqli rejissyor Tojiboy Isroilov tomonidan sahnalashtirilgan.
Shaddot ona rolini esa O‘zbekiston xalq artisti Malika Ibrohimova talqin etdi.
Spektaklning premyerasi sanasi tez orada ma’lum qilinadi.